TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasini tuzilishni taklif qildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Bugun Xivada IHT Turizm vazirlari Islom konferensiyasining XII sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Turizm vazirlari Islom konferensiyasi XI sessiyasi raisi (Ozarbayjon) raislikni O‘zbekistonga topshirdi.
Xivada IHT Turizm vazirlari Islom konferensiyasining XII sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki Uzbekistan
“2023 yil yakunida O‘zbekistonda turizm sohasi to‘liq qayta tikladi. Yurtimizga 7 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Ichki turizm yo‘nalishida 21 million sayohat amalga oshirildi. Turizm xizmatlari eksporti 2,1 milliard dollardan oshib, umumiy xizmatlar eksportining 40 foizni tashkil qildi”, — dedi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sohada bugungi kunda 370 ming kishining bandligi ta’minlangan. Turizm xizmatlari diversifikatsiya qilinishi evaziga xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonda o‘rtacha qolish muddati 2017-yildagi 3-4 kundan hozirda 8-10 kungacha uzaytirildi.
Vazir ilgari surgan takliflar:
“Smart-turizm manzillari” dasturini amalga oshirish;
“Islom turizm maskanlari” dasturi hamda mega-infoturlar tashkil qilish;
“IHT Turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi”ni tuzish;
Islom sivilizatsiyasi uchun qadrli madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiyasiga homiylik va xayriya faoliyatini kuchaytirish;
“IHT Ekoturizm tarmog‘i”ni shakllantirish;
BMT Turizm tashkiloti va Samarqanddagi Xalqaro turizm akademiyasi o‘rtasida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Xivada IHT Turizm vazirlari Islom konferensiyasining XII sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki Uzbekistan
“Islom turizmiga qiziqish ortib borayotgani IHTga a’zo davlatlarga sanoatni rivojlantirishda muhim afzalliklarni taqdim etadi. Halol ta’minot zanjiridan foydalanish borasida jamoaviy harakat qilish islom turizmini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega. Islom turizmi IHT doirasida turizmni sezilarli darajada yaxshilash imkoniyatini taqdim etadi. Bu a’zo davlatlar uchun ushbu jadal rivojlanayotgan sektorning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy afzalliklaridan foydalanish uchun ajoyib imkoniyatdir”, — dedi IHT Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha.
Shuningdek, u tashkilotga a’zo davlatlarni hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or tajriba almashishga chaqirdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston turizm salohiyati haqida taqdimot ham o‘tkazildi.
Shuningdek, ikkita ishchi sessiyalar va ICTM XII sessiyasining yuqori mansabdor shaxslari majlisi raisining hisoboti va IHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining bayonotlari taqdim etildi.