Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari DXRda Umanskoyeni ozod qildi

Mudofaa vazirligi: Rossiya harbiylari DXRda Umanskoyeni ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari DXRning Umanskoe qishlog‘ini o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Muvaffaqiyatli harakatlar natijasida “Markaz” qo‘shinlari guruhi Donesk Xalq Respublikasining Umanskoe aholi puktini ozod qildi”, — deyiladi vazirlik hisobotida.
DXRning Novgorodskoe, Yevgenovka, Rozovka va Novoselovka birinchi aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining 23, 24-mexanizatsiyalashgan brigadalari va 109-texnik mudofaa brigadalarining tuzilmalari mag‘lubiyatga uchradi.
Dushman 360 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan 155 mm M777 gaubitsa, 152 mm “Msta-B” gaubitsa, uchta 122 mm D-30 gaubitsa va ikkita MT-12 “Rapir” tankga qarshi qurolini yo‘qotdi.