Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

"Menga prezident yubormoqda" — Putin O‘zbekiston mevalarining ta’mini baholadi

Putin O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziriga mazali mevalar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan Toshkentda muzokaralar oldidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziriga mazali mevalar uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. Kadrlar yakshanba kuni "Rossiya 1" telekanalining Moskva. Kreml. Putin" dasturida namoyish etildi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti 26-28 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi, 27-may kuni ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Putin Mirziyoyev bilan Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar oldidagi rasmiy uchrashuvda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovga "Meva uchun rahmat, menga prezident yubormoqda, bu juda mazali", deya murojaat qildi.
Abdurahmonov dasturga bergan intervyusida prezidentning bunday baho berishini katta mas’uliyat deb atadi.
"Rossiya Federatsiyasida aslida bozorimiz bor, lekin uni kengaytirish kerak", — deya qo‘shimcha qildi u.
O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirdi