Xivada IHTga a’zo davlatlar rasmlari ko‘rgazmasi ochildi — foto

Ko‘rgazmada Islom dunyosidagi ziyoratgohlar tasvirlangan.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Xivada IHTga a’zo davlatlar rasmlari ko‘rgazmasi ochildi, deya xabar berdi ekologiya vazirligi.
“Islom dunyosining muqaddas qadamjolari” mavzusida ochilgan rasmlar ko‘rgazmasida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning muqaddas qadamjolari tasvirlangan rasmlar namoyish etilmoqda.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Jami 60 ta asarning har birida Islom dunyosi uchun betakror va ahamiyatli ziyoratgohlar tasvirlangan.
“Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga Islom davlatlarining madaniy va ma’naviy merosi bilan tanishish, ularning diniy an’analari va tarixi muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyatini beradi”, — deyiladi xabarda.
Asarlar Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar rassomlari tomonidan yaratilgan.
Islom Hamkorlik Tashkilotining turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi O‘zbekistonga berildi