Islom Maxachev Dastin Poryeni mag‘lub etdi

Islom Maxachev Dastin Poryega qarshi jangda g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiyalik MMA jangchisi Islom Maxachev UFC 302 turnirining markaziy jangida Dastin Poryeni mag‘lub etdi va uchinchi marta UFC chempionlik unvonini himoya qildi.
Jang Nyuarkda UFC 302 turnirining asosiy musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tdi va beshinchi raundda Maxachevning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Rossiyalik 32 yoshda, u vazn toifalaridan qat’i nazar (R4R) UFC reytingida birinchi o‘rinni egallaydi. Uning hisobida 26 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor.
Poryening rekordi - 30 ta g‘alaba va to‘qqizta mag‘lubiyat (2019 yilda bitta jang haqiqiy emas deb topilgan, u sobiq UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedovga muddatidan oldin yutqazgan).