Oilaviy bolalar uylari vakillari Senatga taklif qilindi

Bolalar ham muloqotda faol ishtirok etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan oilaviy uylarni tashkil etgan insonlar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalari bilan birga Senatga tashrif buyurishdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda davlat tomonidan bolalarning manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, Mehribonlik uylarining o‘rniga bolalarning oilaviy uylarda tarbiyalanishi ahamiyati, bolalarning salohiyatini yuzaga chiqarish borasidagi imkoniyatlar yuzasidan qizg‘in fikr almashildi.
V Senat priglashena gruppa predstaviteley semeynix detskix domov
Ahamiyatlisi, bolalarning o‘zlari ham muloqotda faol ishtirok etishdi.
Senatorlar o‘zlari saylangan okruglarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan oilaviy bolalar uylariga har tomonlama ko‘maklashib turishga kelishib oldilar.
V Senat priglashena gruppa predstaviteley semeynix detskix domov
Shu bilan birga ko‘rib chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning bolalar manfaatlariga mos kelishi, bu yo‘nalishda qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosi ustidan parlament nazoratining qat’iy olib borilishi ham belgilab olindi.
V Senat priglashena gruppa predstaviteley semeynix detskix domov