Toshkentda otliq parad bo‘lib o‘tadi

Bolalar kuni munosabati bilan Toshkentda 1-iyun kuni otliq parad bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Toshkentda 1-iyun kuni otliq parad bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.
"1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan shu kuni soat 18.00 da Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari otliq kavaleriya bo‘linmalari ishtirokida “Otliq paradi” bo‘lib o‘tadi. Barchangizni mazkur paradni tomosha qilishga chorlab qolamiz!", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda so‘nggi bor otliq para 2023-yil 26-avgust kuni Amir Temur xiyobonida bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston mustaqilligining 32-yilligiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi hamda Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan edi.