Qrim ko‘prigiga 10 ta ATACMS hujum qildi — Belousov

Bugun Olma-otada KXShT davlatlari mudofaa vazirlari kengashi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Qrim ko‘prigiga 10 ta ATACMS raketalari yordamida hujum uyushtirildi, dedi Rossiyaning yangi mudofaa vaziri Andrey Belousov KXShT Mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida.

"Kechadan oldingi kuni Qrim ko‘prigiga 10 ta ATASMS operativ-taktik raketalari yordamida eng yirik hujum uyushtirildi. Raketalar yetib kelish vaqti 2 daqiqadan kam edi. Rossiya harbiy xizmatchilari hujumni muvaffaqiyatli qaytardi. Barcha raketalar urib tushirildi, natijada yuzlab odamlarning hayoti saqlab qolindi", - dedi Rossiya mudofaa vaziri.

Ma’lumot uchun, bugun, 31-may kuni, Olmaotada KXShT davlatlari mudofaa vazirlari kengashi bo‘lib o‘tmoqda. Armaniston vakili unda ishtirok etayotgani yo‘q.
KXShT

KXShT — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti postsovet respublikalari tomonidan 1992-yilda Toshkentda tashkil etilgan. Uni dastlab “Toshkent pakti” ham deyishardi. Tashkilot maqsadi — kollektiv asosida xalqaro va hududiy xavfsizlikni mustahkamlash. Bugungi kunda tashqilot tarkibiga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.