O‘zbekiston va YeOII

YeOII G‘arb sanksiyalariga integratsiya bilan javob berishi kerak — Mishustin

YeOII davlatlarida integratsiyani kengaytirish uchun hamma narsa bor: bir-birini to‘ldiruvchi iqtisod, tarixiy aloqalar va ko‘p asrlik yaxshi qo‘shnichilik an’analari.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. G‘arb o‘zining sanksiya siyosati orqali mustaqil davlatlarni, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlariga ham bosim o‘tkazishni istaydi. Turli sohalardagi integratsiya qilish bunday bosimni yengishga yordam beradi, deydi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin.

“Biz faqat Rossiya va Belarusga qarshi noqonuniy sanksiyalar haqida gapirmayapmiz, bu muammo uzoq vaqtdan beri davom etayotgan tizimli xususiyatga ega. Bu tahdidlar an’anaviy ravishda resurslarga boy bo‘lgan Yevroosiyo mintaqasining barcha mamlakatlar uchun haqiqiydir", - deya ogohlantirdi Mishustin.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, davlatlar bunday bosimni yolg‘iz o‘zi yengib chiqa olmaydi.
“Biz ularga nima qanady qarshi turishimiz mumkin, degan savolga asosiy javoblardan biri – integratsiyani kengaytirish, davlatlarimiz manfaatlarini birgalikda himoya qilish, texnologik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qilish”, — dedi Mishustin.
Mishustinning aytishiga ko‘ra, YeOII davlatlarida buning uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bor: bir-birini to‘ldiruvchi iqtisod, tarixiy aloqalar va ko‘p asrlik yaxshi qo‘shnichilik an’analari va boshqalar.
“Eng muhimi, ittifoqning barcha mamlakatlarida birgalikda olg‘a intilish, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoit yaratish va, albatta, fuqarolarimiz turmush farovonligini oshirish istagi bor”, - deya xulosa qildi Rossiya bosh vaziri.