Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz"da 28-30 may kunlari “To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Spring 2024" 8-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group” "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi qoshidagi To‘qimachilik mahsulotlari marketingi va reklamasi agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Toshkentda “To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Spring 2024" 8-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Belarus, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Turkiyadan eksport qiluvchi va import qiluvchi 250 ta kompaniya, shuningdek, 200 dan ortiq bayerlar (kompaniyalariga kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar kolleksiyasini tanlash va xarid qilish yoki moda do‘konlariga kelgusi sotuvlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislar) ishtirok etdi.
Toshkentda “To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Spring 2024" 8-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
Bahorgi ko‘rgazmada Rossiyani Ivanovo va Penza viloyatlarining jamoaviy stendlari namoyish etildi. Kompaniyalar keng turdagi to‘qimachilik mahsulotlari, jumladan, brezent, surp, chit, flanel, tayyor dizaynerlik kiyimlari, bolalar va o‘smirlar uchun kiyim-kechaklar, shuningdek, polivinilxlorid va yuqori bosimli poliyetilendan qadoqlash materiallari, yopishqoq lenta namoyish etildi.
Toshkentda “To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Spring 2024" 8-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
“Kompaniyalarimiz stendi Penza viloyati Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi ishtirokida tashkil etildi”, – deydi markaz mutaxassisi Darya Baganova. “Konseptual ayollar kiyimlari, shuningdek, bolalar va o‘smirlar uchun kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi uchta kompaniyani taqdim etmoqdamiz. Bu ko‘rgazmadagi ilk ishtirokimiz, o‘ziga xos birinchi sinov bo‘lib, ko‘rgazmada ishtirok etish bizni yangi eksport shartnomalarinituzishga imkon yaratadi degan umiddamiz. Chunki biz O‘zbekiston bilan uzoq vaqtdan beri boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilib kelamiz, biroq yengil sanoat sohasida birinchi marta”.
Ulgurji savdo bo‘yicha yetakchi menejer, “Croki” brendining stilisti Irina Palchikovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga konseptual kiyimlarga talab yuqori.
"Biz yagona nusxada tikamiz, konseptual ayollar kiyimlari, yumshoq “nafis avangard” deb ataymiz. Biz O‘zbekiston bozorda o‘ziga xos kiyimlarni tanlash imkoniyatiga bo‘lishini istaymiz. Bozorni ko‘rib chiqdik va bunga talab borligini ko‘rmoqdamiz. Juda faol hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdamiz. O‘zbekistonda biz mato qidirapmiz, chunki biz faqat tabiiy matolardan kiyim tikamiz, shuningdek, yaqin kelajakda bu yerda vakolatxona ochish, kiyimlarimizni taqdim etish va aloqalar o‘rnatishni rejalashtirganmiz”, – dedi Irina Palchikova.
Toshkentda “To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Spring 2024" 8-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
Ivanovo kompaniyalaridan biri brezent va paxta matolarini ishlab chiqaradi. Bunday mahsulotlar O‘zbekiston bozorida nafaqat mashhur, balki xaridorgirdir.
“Biz O‘zbekistonga ko‘p yillardan beri brezent yetkazib beramiz. Bu yerda bizning brezentdan paxtani yopish va saqlash uchun foydalaniladi. Bozor juda katta va paxta ishlab chiqaruvchilar ko‘p bo‘lgani uchun biz yangi mijozlar topmoqchimiz”, – ma’lum qildi "Krayteks" kompaniyasi menejeri Yevgeniy Kursin.
Ko‘rgazma tashkilotchilarining ta’kidlashicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar soni yil sayin ortib bormoqda: bu yil O‘zbekistonning 60 ta kompaniyasi – flagman va paxta-to‘qimachilik klasterlaridan tortib, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining eng so‘nggi ishlanmalari va yuqori sifatli mahsulotlarini namoyish etuvchi kichik biznes vakillarigacha ishtirok etdi.
Toshkentda “To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Spring 2024" 8-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
Masalan, Andijon klasteri –jinsi va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik korxona shular jumlasidandir.
“Biz 5-yildan beri O‘zbekiston bozoridamiz. Mahsulotlarimizni asosan Rossiya, Gruziya va Belarusga eksport qilamiz. Rossiya bozorida eng ko‘p ayollar modeliga talab bor”, – deydi “Diromm” kompaniyasining savdo bo‘yicha katta menejeri Fayzullo Abdulhaqov.
Ko‘rgazma qanday o‘tgani haqida batafsil – Sputnik O‘zbekiston materialida.