TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekiston Vengriyadan hujjatlarni qayta tiklash va saqlash tajribasini o‘rganadi. Bu haqda "O‘zarxiv" agentligi xabar berdi.
"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Vengriya poytaxti Budapeshtdagi Vengriya Milliy arxiviga tashrif buyurdi.
O‘zarxiv agentligi va Vengriya Milliy arxivi o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi.
© Agentstvo "Uzarxiv"
Yusupov Vengriya Milliy arxivida elektron tizimlar, sun’iy intellektni joriy etilishi, O‘zbekiston tarixiga oid hujjatlar namunalari bilan tanishdi.
O‘zarxiv agentligi va Vengriya Milliy arxivi o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi.
© Agentstvo "Uzarxiv"
“O‘zarxiv" agentligi va Vengriya Milliy arxivi o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish to‘g‘risidagi kelishuvlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan amaliy harakatlar rejasi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Amaliy-harakatlar rejasida quyidagilar nazarda tutilgan:
ikki davlatlar tarixiga oid bo‘lgan hujjatlarni tomonlar arxivlarida o‘rganish va ikki tomonlama ularning nusxalarini olish;
hujjatlarni raqamlashtirish, qayta tiklash va saqlash borasida tajriba almashish;
ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish;
hamkorlikda aniqlangan arxiv hujjatlari bo‘yicha kitoblar chop etish.
O‘zarxiv agentligi va Vengriya Milliy arxivi o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi.
© Agentstvo "Uzarxiv"
“Vengriya Milliy arxivi elektron hujjatlar platformasini yaratish, hujjatlarni raqamlashtirish, qayta tiklash va saqlash borasida yetakchi tajribaga ega. Ushbu tajribani o‘rganish milliy arxiv ishini takomillashtirishga zamin yaratadi”, — deyilgan xabarda.
Aytilishicha, Vengriya Milliy arxivida Markaziy Osiyo tarixiga oid ko‘plab asarlar mavjud.