TOShKENT, 30-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatida ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi, deya xabar berdi viloyat matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, viloyatning Uzun tumani hududida O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi amalga oshirildi.
Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblasti
Tadqiqot ishlari davomida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topildi.
Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblasti
“Izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi. Olimlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, ushbu arxeologik topilmalar eramizdan avvalgi II - eramizning III asrlariga oid Qang‘, Kushon va Yuechji (Massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan”, — deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, hozirda hududda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblasti
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tgan yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlarining umumiy soni 8210 tani tashkil etgan, ulardan 4797 tasi arxeologik yodgorliklardir. Arxeologik yodgorliklarning aksariyati respublikaning Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda ularning 1197 tasi bor.