Zelenskiy Ukrainaning vaqti kam qolganini tushunadi — OAV

Ommaviy axborot vositalari Zelenskiyning xatti-harakatlarida muhim tafsilotni payqashdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina Rossiya bilan mojaroda uzoq tura olmasligini tushunadi. Bu haqda RIA Novosti "The Telegraph" nashriga tayanib xabar berdi.

"Zelenskiy Ukrainaning kam vaqti qolganini tushunganga o‘xshaydi: dam olish kunlarida u AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpinni “haqiqiy tinchlik”ga erishish uchun Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etishga chaqirdi”, — deyiladi xabarda.

Kuzatuvchi ta’kidlaganidek, Kiyevning G‘arbdagi ittifoqchilari Ukrainaga nisbatan kamroq tashvishlanishmoqda, chunki ularning barcha e’tiborini asta-sekin o‘z mamlakatlaridagi ichki siyosiy vaziyat o‘ziga qaratib bormoqda: Zelenskiyning chaqiriqlariga qaramay, Amerika prezidenti Jo Bayden uning sammitida ishtirok etmaydi, chunki uni AQShda saylovlar o‘tkazish ko‘proq qiziqtiradi.
Jurnalistga ko‘ra, Rossiya kuchayib borayotgan bir paytda Ukrainada har qanday qarshilik ko‘rsatishiga sanoqli oylar qoldi. Bir kun oldin Vladimir Zelenskiy Belgiyadagi matbuot anjumanida Shveysariyadagi sammit borasida bir qarorga kelmagan davlatlar dushmanlardan ham battar ekanini aytdi.
Zelenskiy faqat tayyor matnni o‘qib, prezident rolini o‘ynamoqda — iste’fodagi general