Toshkentga yangi metro poyezdlari olib kelindi

Metro poyezdlari 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Bugun yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.
“Bugun Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi”, — deyiladi xabarda.
Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi
Qayd etilishicha, ushbu harakat tarkiblari 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida yangi harakat tarkiblari asosan, "Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishi"da harakatga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov Rossiya Toshkent metrosi uchun 72 ta vagon yetkazib berishini ma’lum qilgan edi. Qayd etilishicha, o‘tgan yili Toshkent metropoliteniga 44 ta vagon yetkazib berilgan. Iyun oyi oxirigacha yana 12 ta vagon yuboriladi.
Rossiyadan keltirilgan metro poyezdlari qanday qulayliklarga ega?