Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

O‘zbekiston Rossiya bilan YeOIIdagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston Rossiya bilan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettiradi. Bu haqda Kreml saytida e’lon qilingan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning qo‘shma bayonoti matnida ma’lum qilindi.
“Tomonlar savdo-iqtisodiy va hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi”, — deyiladi hujjatda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bugun YeOIIda kuzatuvchi maqomga ega.
Kuzatuvchi bu yaxshi maqom — Markedonov O‘zbekiston va YeOII hamkorligi haqida
O‘zbekiston va YeOII 2024-2026 yillar uchun qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlamoqda
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida ishtirok etgan. Unda O‘zbekiston Hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarning yangi kompleks rejasini tayyorlash taklif qilingan.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdosi qanday rivojlanmoqda — infografika