TOShKENT, 28-may — Sputnik. Qirg‘izistonda oliy musiqa ta’lim muassasalari rektorlarining xalqaro forumi yakunlari bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi O‘zbekiston madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Qirg‘izistonda oliy musiqa ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada san’ati institutining rektori, professor Avaz Mansurov ishtirok etdi.
Mazkur forum Qora - Qirg‘iz avtonom viloyatining 100 - yilligi hamda K.Moldobasanov nomidagi Qirg‘iziston milliy konservatoriyasining 30 - yilligi munosabati bilan o‘tkazildi. Unda dunyoning 15 davlatidan madaniyat arboblari va 30 ta musiqa oliy o‘quv yurti vakillari ishtirok etdi.
V Cholpon-Ate podpisali memorandum o sotrudnichestve po itogam mejdunarodnogo foruma rektorov visshix muzikalnix uchebnix zavedeniy
© Ministerstvo kulturi
“Forum doirasida dunyoning 20 taga yaqin musiqa oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan birgalikda hamkorlik memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Memorandumga ko‘ra mutaxassislik fanlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini yanada rivojlantirish, ilmiy tadqiqot va ijodiy izlanishlarda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqiladi.
V Cholpon-Ate podpisali memorandum o sotrudnichestve po itogam mejdunarodnogo foruma rektorov visshix muzikalnix uchebnix zavedeniy
© Ministerstvo kulturi
Ishtirokchilar mazkur memorandum qo‘shma ta’lim va madaniy loyihalarni amalga oshirish, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, musiqa san’ati saviyasini yuksaltirish uchun asos bo‘lishiga ishonch bildirdi.