Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

Rossiyadan Toshkent metrosi uchun yana qancha poyezd olib kelinadi?

O‘zbekistonga Rossiyadan yana 72 ta metro vagoni olib kelinadi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Rossiya Toshkent metrosi uchun 72 ta vagon yetkazib beradi. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili Toshkent metropoliteniga 44 ta vagon yetkazib berilgan. Iyun oyi oxirigacha yana 12 ta vagon yuboriladi.
“O‘tgan yili “Metrovagonmash” tomonidan Toshkent metropoliteni uchun 44 ta vagon jo‘natildi, iyun oyi oxirigacha yana 12 ta vagon jo‘natamiz. 2024-2025 yillarda yana 60 ta vagon yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tayyorlayapmiz”, — deb yozadi gubernator.
Qo‘shma loyihalar:
"Shelkovo Agroxim". O‘tgan yili Samarqandda pestitsidlar ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushdi. Uning quvvati yiliga 15-20 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish bo‘lib, bu O‘zbekiston ehtiyojini to‘liq qoplaydi. Bu yerda g‘alla va dukkakli ekinlar seleksiya-genetik markazi tashkil etish rejalashtirilgan.
"Slavtrans-Servis". Jizzax viloyati bilan shartnoma imzolandi – O‘zbekistondan 4 ming tonna sabzavot va meva import qilindi. Hajmlarni oshirishda davom etiladi.
Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti va Dubna universiteti. O‘zbekistondan 13 nafar xodim institutning tadqiqot dasturlarida va iyun oyida ochiladigan NICA megasayns klass loyihasi – yangi mahalliy kollayderda ishtirok etmoqda.
Aytilishicha, O‘zbekistonda bolalar uchun quruq sut aralashmalari ishlab chiqaradigan birinchi zavod ochiladi. Moskva yaqinida joylashgan korxona loyihani mahalliylashtirishdan manfaatdor.
O‘zbekistonda "Shelkovo Agroxim" ishini kengaytiriladi. Unga ko‘ra, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirilib, Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti bilan qo‘shma ilmiy ishlanmalar, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dorixona chakana savdosini yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, maxsus iqtisodiy zona va sanoat parklari o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, korxonalar uchun kadrlarni birgalikda tayyorlash, maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar va direktorlar uchun almashinuv dasturini ochish ham rejalashtirilgan.
Rossiyadan keltirilgan metro poyezdlari qanday qulayliklarga ega?