Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

Putin va Mirziyoyev Ukraina mavzusini muhokama qildi — Peskov

Peskov: Putin va Mirziyoyevning muzokaralari kun tartibida Ukraina mavzusi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning muzokaralari kun tartibida Ukraina mavzusi bo‘ldi. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Birinchi kanalga bergan intervyusida aytdi.

“Albatta, prezident Putin har safar o‘z suhbatdoshlariga maxsus harbiy operatsiyaning borishi va Ukraina mojarosidagi umumiy vaziyat haqida batafsil ma’lumot beradi. Albatta, bu mavzu bugungi muzokaralar kun tartibida muhim o‘rin tutadi”, — dedi Kreml vakili tegishli savolga javob berar ekan.

Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev muzokaralar chog‘ida xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
"Bugun ular ham barcha dolzarb mavzularni muhokama qilishda davom etmoqdalar. Bular qatoriga Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va boshqa aloqalarga oid amaliy mavzular va, albatta, mamlakatlarimizni o‘rab turgan ancha murakkab xavfsizlik vaziyati muhokamasi kiradi. Mintaqa ham ancha notinch", — deya qayd etdi u.
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Nega Putinning O‘zbekistonga tashrifi uch kun davom etdi — Peskov javobi