Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

Checheniston O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor — Qodirov

Qodirov Checheniston O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Checheniston Respublikasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor. Bu haqda Rossiya delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonga kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi.
“Checheniston Respublikasi mintaqalararo darajada hamkorlikni kengaytirishga tayyor. Buning uchun bizda mavjud mehnat resurslari, qulay geografik joylashuv va rivojlangan transport infratuzilmasi mavjud. Madaniyat, turizm, sarmoyaviy faoliyat, ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish sohalarida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini ko‘rib turibmiz. O‘tgan yili Checheniston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyurib, u yerda O‘zbekiston madaniyat vaziri bilan uchrashib, madaniyat sohasidagi hamkorlik shakllarini belgilab olgan edi”, — dedi Qodirov.
U O‘zbekiston hududlari bilan boshqa sohalarda ham samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinligiga ishonch bildirdi.
“Shubha yo‘qki, G‘arb va Yevropaning sanksiyalari va tajovuzkorligiga qaramay, Rossiya ilg‘or rivojlanishi va butun dunyo bilan aloqalarini mustahkamlashda davom etadi”, — deya qo‘shimcha qildi Checheniston rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Checheniston rahbari O‘zbekiston va Rossiya mintaqalari kengashida qatnashish uchun Toshkentga kelgan edi. Uni aeroportda Otabek Umarov qarshi oldi. Abdulla Aripov bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik strategik xarakterga ega ekani ta’kidlandi. Ramzan Qodirov chechenlar O‘zbekistonga nisbatan iliq munosabatda ekanini qayd etdi.
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Mirziyoyev va Putin Qo‘shma bayonotda nimalar haqida kelishib olishdi?