TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan tor va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya rahbari respublika rahbarining taklifiga binoan 26-27 may kunlari O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Bu Putinning xorijga uchinchi safari va yangi prezidentlik muddati boshlanganidan beri Markaziy Osiyoga birinchi tashrifi.