TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyada tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan keng tarkibdagi muzokaralarida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinlardan birini egallaydi – 63 mingdan ortiq, 14 mingga yaqin kishi bizda bepul ta’lim olmoqda”, – dedi Putin muzokaralar chog‘ida.
Ma’lumot uchun, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar boshlandi.