Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi yozda boshlanadi — Lixachov

Kichik AES qurilishi to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtiriladi va uning qurilishida mahalliy kompaniyalar qatnashadi.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekistonda shu yil yozida kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanadi, dedi "Rosatom" bosh direktori Aleksey Lixachov.

"Rosatom kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasini imzoladish orqali o‘zining inkor etib bo‘lmaydigan global yetakchiligini tasdiqladi va bu shunchaki dastlabki kelishuv emas, biz shu yozda qurilishni darhol boshlaymiz", - deydi Lixachov.

"Atomstroyeksport" AJ ("Rosatom" davlat korporatsiyasining muhandislik bo‘limi) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi huzuridagi “AES qurilishi direksiyasi” davlat unitar korxonasi o‘rtasida kam quvvatli atom stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Kam quvvatli AES qurilishi to‘liq O‘zbekiston mablag‘i evaziga amalga oshiriladi.

“Moliyalash O‘zbekiston tomonida. <...> Ushbu loyiha bu yerda mahalliylashtirishning katta ulushi bilan amalga oshiriladi. <...>

Stansiya 2029-yildan 2033-yilgacha bosqichma-bosqich, modulli ravishda ishga tushiriladi”, — dedi Lixachov.

Loyiha O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor) bo‘lgan atom elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi. Stansiya qurilishida "Rosatom" bosh pudratchi sifatida ishlaydi, qurilishda mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi. AES qurish uchun tanlangan joy allaqachon tekshirilgan va uning xavfsizligi tasdiqlangan.