Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

O‘zbekistonda Rossiyaning yana 2 ta oliygohi filiallari ochiladi

O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti filiali ochiladi.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Ta’lim va muhandis kadrlarni tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, - deyilgan xabarda.
Hozir O‘zbekistonda jami 14 ta Rossiya oliy o‘quv yurtlarining filiallari mavjud.
Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 60 mingdan ortiq o‘zbekistonlik, Rossiya oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi filiallarida 8 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Putin Rossiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar sonini aytdi