Orban yadroviy qurol bilan bog‘liq eng yomon ssenariy haqida ogohlantirdi

Orban: Ukrainada eng yomon ssenariylar paydo bo‘lishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Garchi yevropalik siyosatchilar yadro qurolini to‘xtatuvchi vosita deb bilishsa-da, mojaro boshida o‘ylamagan eng yomon ssenariylar amalga oshishi mumkin. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Menimcha, yevropalik siyosatchilar yadroviy bombani aslida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan narsa sifatida emas, balki taktik to‘xtatuvchi vosita sifatida ko‘radilar, ammo urush boshida ular o‘ylamagan narsalar oxirida ham sodir bo‘lishi mumkin, eng yomon ssenariylar amalga oshiriladi", — dedi u.
Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy "Guardian" gazetasiga bergan intervyusida, agar Rossiya Ukrainada yadro qurolini qo‘llasa, AQSh Moskvaga maxsus harbiy operatsiya zonasida Rossiya kontingentini “yo‘q qilish” bilan tahdid qilganini aytgan edi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning aytishicha, Polsha Amerikaning Rossiya nishonlariga hujumi jahon urushi boshlanishini anglatishini tushunishi kerak.