Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

Toshkentda Mirziyoyev va Putin muzokaralari boshlandi — video

Rossiya va O‘zbekiston yetakchilari o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
Dastlab "Kuksaroy"da Rossiya yetakchisi sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar qarorgohda madhiya va faxriy qorovul bilan qarshilandi.
Davlat rahbarlari delegatsiya vakillari bilan salomlashib, so‘ng birgalikda suratga tushishdi.
Uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.
Amaliy hamkorlikni kengaytirishga, eng avvalo, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, innovatsion hamkorlik dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan. Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etishadi.