TOShKENT, 27-may — Sputnik. Vladimir Putinning O‘zbekistonga 26-27 may kunlari bo‘lib o‘tgan davlat tashrifi doirasda O‘zbekiston va Rossiya davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilindi.
Qo‘shma bayonotda quyidagilar qayd etilgan:
Qo‘shma bayonotda quyidagilar qayd etilgan:
Suverenitet, mustaqillik va hududiy yaxlitlikni o‘zaro hurmat qilish, sheriklik munosabatlariga asoslangan davlatlararo muloqotni rivojlantirish va boyitish;
Oldingi yillarda imzolangan Strategik sheriklik va Ittifoqchilik munosabatlariga sodiqlik;
Barqaror ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirish, mintaqaviy va global xavfsizlikni mustahkamlash;
Sivilizatsiyalar xilma-xilligi, kuchlar muvozanati va xalqaro munosabatlarning barcha ishtirokchilari manfaatlariga asoslangan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash;
Mudofaa sohasidagi hamkorlik, ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining o‘zaro hamkorligiga e’tibor qaratish;
2024-2026 yillarda ikkala davlatda “Madaniyat kunlari” va “Kino kunlari” almashinuvini tashkil etish, turistik almashinuvni rivojlantirish;
Sog‘liqni saqlash, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlik, tajriba almashish;
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish sohalarida o‘zaro hamkorlik;
Oliy ta’lim, va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro forumlarda birgalikda ishtirok etish;
O‘zbekistonda rus tili va rus tilida fanlarni o‘qitish sifatini oshirish, shuningdek, o‘rta ta’lim tizimlari uchun ixtisoslashtirilgan pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni;
Yuqori va raqamli texnologiyalar sohasida, ikki mamlakat innovatsion markazlari va texnoparklari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
2025 yilda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish, natsizm, fashizm va militarizmga qarshi birgalikda olib borilgan kurash xotirasini asrab-avaylash;
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish davom etadi;
Eslatib o‘tamiz, Rossiya rahbari respublika rahbarining taklifiga binoan 26-27 may kunlari O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Bu Putinning xorijga uchinchi safari va yangi prezidentlik muddati boshlanganidan beri Markaziy Osiyoga birinchi tashrifi.