TOShKENT, 27-may — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohidagi ikki tomonlama tadbirlar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Faxriy mehmonlar xiyoboniga tashrif buyurdilar. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya xalqlarining do‘stligi, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining ramzi sifatida birgalikda daraxt ekdilar.
Xiyobonda boshqa hamkor davlatlar yetakchilari tomonidan ekilgan daraxtlar ham o‘smoqda.