Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

Chuvashiya O‘zbekistonga urug‘lik piyoz va kartoshka yetkazib berishga tayyor

Chuvashiya O‘zbekistondan keramika ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan loyni xarid qilishga tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 27-may – Sputnik. Chuvashiya O‘zbekistonga urug‘lik piyoz yetkazib berishga va u yerdan kulolchilik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan loyni sotib olishga tayyor, dedi Chuvashiya rahbari Oleg Nikolayev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari mintaqalararo hamkorlik forumida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Chuvashiyaning 84 ta hamkor davlatlari orasida kuchli beshlikdan joy olgan. Birgina o‘tgan yilning o‘zida tashqi savdo aylanmasi 2022-yilga nisbatan 2,1 baravar oshib, 27,8 million dollarni tashkil etdi.

“Savdo-iqtisodiy, sanoat, ijtimoiy sohalarda, qishloq xo‘jaligi, energetika va traktorsozlik sohalarida hamkorlik o‘zaro manfaatli bo‘lib, biz O‘zbekistonga zarur bo‘lgan piyoz to‘plami va kartoshka yetkazib berishga, chuvash traktorlarini yig‘ishga tayyormiz. Qashqadaryo viloyatidan kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan loy sotib olishga tayyormiz. Avvallari ushbu xomashyo Ukrainadan olib kelingan”, — dedi Nikolayev.

Shuningdek, u O‘zbekiston yoshlari uchun kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha talab borligini ta’kidladi. Hozirda Chuvashiya oliy o‘quv yurtlarida 172 nafar O‘zbekiston fuqarosi tahsil olmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda prezidentlar ishtirok etadi.