TOShKENT, 27-may — Sputnik. Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida Qashg‘ar shahri yaqinida yuk avtomobillari uchun Xitoyda birinchi yig‘ish va tarqatish markazi ochildi, deb xabar qilmoqda "Sinxua" agentligi.
"Xalqaro TIR sertifikatiga ega bo‘lgan ushbu logistika markazi Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa bilan transchegaraviy savdoni va bojxona rasmiylashtiruv jarayonlarini 30%, transport xarajatlarini 15% ga qisqartirishi kutilmoqda", — deb xabar qildi Qashg‘ar bojxona xizmati.
"TIR yig‘ish va tarqatish markazini yaratish bilan biz Yevropa bozorini rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz", - dedi Szi Shengo. Uning kompaniyasi hozirda Markaziy Osiyoda biznes bilan shug‘ullanadi.
Qashqar bojxona direktori o‘rinbosari Liu Xualunning aytishicha, transchegaraviy savdo tartib-qoidalarini yanada osonlashtirish uchun TIR bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini doimiy ravishda optimallashtirish, mavjud TIR yo‘nalishlaridan foydalanish chastotasini oshirish va yangi yo‘nalishlarni faol ravishda kengaytirish choralari ko‘riladi.
TIR – bu BMT konvensiyalariga asoslangan xalqaro transchegaraviy yuk tashish sohasida bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan global tizim. Xitoy TIRga 2016-yilda qo‘shilgan.
TIR – bu BMT konvensiyalariga asoslangan xalqaro transchegaraviy yuk tashish sohasida bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan global tizim. Xitoy TIRga 2016-yilda qo‘shilgan.