“Mamlakatga kelganimizdan so‘ng, men va aziz birodarlarimni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov juda iliq va samimiy kutib oldi. Suhbat chog‘ida u Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi tufayli erishilgan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarining strategik mohiyatini qayd etdi”, — deb yozadi Ramzan Qodirov.
“Xalqlarimiz azaldan bir-biriga qardoshdek munosabatda bo‘lib kelgan. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Rossiya va O‘zbekiston viloyatlar kengashining yig‘ilishi mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik va do‘stlikni yanada rivojlantirishga kuchli turtki berishiga ishonch bildirdim.Mamlakatlarimiz rahbarlari munosabatlarni mustahkamlashga intilayotganidan chin dildan xursandman. Ishonchim komilki, bizning birgalikdagi faoliyatimiz Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi va o‘zaro manfaatli hamkorlikka erishishga xizmat qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
“O‘zbekiston Chuvashiyaning 84 ta hamkor davlatlari orasida kuchli beshlikdan joy oldi. Respublikalarimiz o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida tashqi savdo aylanmamiz 2022-yilga nisbatan 2,1 barobar oshib, 27,8 million dollarni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
“Istiqbolli yo‘nalish keramika sanitariya-texnik buyumlar ishlab chiqarish bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo viloyatida kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan loy qazib olinadi. Ilgari korxonalarimizga Ukrainadan keltirilar edi. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlari uchun kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha so‘rov ham bor. Bugungi kunda respublikaning 172 nafar fuqarosi Chuvashiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda”, — deyiladi xabarda.