Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

Vorobyov: Podmoskovye uchun O‘zbekiston – azaliy hamkor

Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vstrecha gubernatora Moskovskoy oblasti Andreya Vorobyova s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim
Vorobyovning ma’lum qilishicha, uchrashuvda amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar va yaqin kelajakdagi rejalar muhokama qilingan.
Dubnadagi Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti orqali kadrlarni birgalikda tayyorlash shular jumlasidan.
“Kelgusidagi rejalarimiz - maxsus iqtisodiy zonalarimiz va sanoat parklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik”, - deya yozgan u o‘zining Telegram-kanalida.
Gubernatorning qo‘shimcha qilishicha, 27-may kuni bo‘lib o‘tadigan Rossiya va O‘zbekiston mintaqalar kengashida gumanitar, savdo va sarmoyaviy hamkorlik muhokama qilinadi.
“Podmoskovye uchun O‘zbekiston – azaliy hamkor. Shu bois maqsadimiz – shu kunlari yangraydigan barcha takliflarni rivojlantirish”, - deya xulosa qilgan Moskva viloyati rahbari.
Eslatamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda prezidentlar ishtirok etadi.