Volodin: Zelenskiy bilan har qanday bitim qonuniy kuchga ega emas

Rossiya Davlat dumasi spikeri Zelenskiy prezident saylovini hokimiyatni qo‘ldan boy berishdan qo‘rqib, bekor qilgan deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Vladimir Zelenskiy 21-maydan qonuniyligini to‘liq yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi.
“Noqonuniy prezident bilan har qanday bitim qonuniy kuchga ega emas va kelajakda e’tirozga sabab bo‘lishi mumkin. Vakolat muddati yakunlanishi bilan Zelenskiyning Ukraina nomidan so‘zlash huquqi nihoyalandi”, - deya yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
Uning fikricha, noqonuniy qarorlar asosida safarbar etilgan Ukraina fuqarolari bugun uylariga qaytishlari mumkin. Chunki Zelenskiy qonuniy prezident emas va u farmon bera olmaydi.
“Ukraina xalqi – diktator qo‘g‘irchoq qo‘lida garovda bo‘lgan mamlakatdagi yagona hokimiyat manbai. Buni hamma tushunishi lozim: Ukraina ichidagilar ham, undan tashqaridagilar ham. Avvalo Yevropa davlatlari rahbarlari”, - deya ta’kidlagan Volodin.
Rossiya Davlat dumasi spikeri Zelenskiy prezident saylovini hokimiyatni qo‘ldan boy berishdan qo‘rqib, bekor qilgan deb hisoblaydi.
Uning fikricha, Ukraina 2014-yilda Vashington va Brussel natsistlar qo‘li bilan qonli davlat to‘ntarishini uyushtirgan kundan boshlab huquqiy davlat sifatida mavjudligini yo‘qotgan.
Zelenskiy ancha yomonroq ko‘rinishni boshladi — OAV