TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatining Berestovoe qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“G‘arbiy qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari muvaffaqiyatli harbiy amaliyotlar natijasida Xarkov viloyatining Berestovoe qishlog‘ini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, "G‘arbiy" guruhi Stelmaxovka hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 77-aeromobil brigadasini mag‘lub etdi. U yerda Ukraina 285 nafargacha askaridan mahrum bo‘ldi. Ukraina armiyasining ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomobili, Amerikaning M198 va M119 gaubitsalari, D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Berestovoe shu hafta rus qo‘shinlari nazoratini o‘rnatgan beshinchi aholi punkti bo‘ldi.
Mudofaa vazirligi 20-may kuni LXRning g‘arbiy chegaralari yaqinidagi Belogorovkani, 22-may kuni Artyomovskning janubi-g‘arbiy qismida Klesheyevka, ertasi kuni - qo‘shni Andreyevka va 25-mayda Ocheretino shimoli-sharqida joylashgan Arxangelskni ozod qilingani haqida xabar berdi.