Og‘ir atletika: O‘zbekiston jamoasi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Limada og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Peruda o‘tayotgan jahon chempionatida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Peru poytaxti Limada og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ortda qolgan kunlar O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tib, atletlar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Demak, -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ruslan Rahmatjonov 2 ta oltin va 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, qizlardan -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan Marjona Abdumutalova 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga, -89 kg vazn toifasida ishtirok etgan Bekzod G‘ofirjonov esa, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, og‘ir atletika bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi jahon chempionati 26-mayga qadar davom etadi. Perudagi turnirda 51 davlatdan jami 284 nafar og‘ir atletikachi kuch sinashadi.