O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlarida budjet ijrosi bo‘yicha ko‘rsatgichlar e’lon qilindi

YeIK 2024-yilning birinchi choragida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari tomonidan budjet ijrosi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Qirg‘izistondan tashqari Yevroosiy iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari budjetlari kamomad bilan ijro etildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
“2024 yilning birinchi choragida respublika budjeti faqat Qirg‘izistonda profitsit bilan ijro etildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan Armanistonda budjet profitsiti o‘rnini taqchillikka bo‘shatib berdi. Qozog‘istonda budjet taqchilligi 24,2 foizga oshdi, Rossiyada esa 85,8 foizga keskin qisqardi”, — deyiladi YeIK statistika departamenti hisobotida.
Shuningdek, joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra davlat qarzi 2023-yilning mos sanasiga nisbatan Armanistonda (13,1 foizga), Qozog‘istonda (3,2 foizga), Qirg‘izistonda (13,7 foizga) va Rossiyada (10,3%) oshgani ma’lum qilingan. Armaniston va Qirg‘iziston davlat qarzi tarkibida tashqi qarz, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasiniki esa ichki qarz ustunlik qildi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdosi qanday rivojlanmoqda — infografika