Jang maydonida tashabbus Rossiyaga o‘tganidan so‘ng G‘arb sarosimaga tushib qoldi — Narishkin

G‘arb siyosatchilaridan Ukrainadagi vaziyat haqida turli xil, ko‘pincha bir-birini inkor etuvchi bayonotlar bermoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Ukrainadagi mojaroda strategik tashabbus butunlay Rossiya qo‘liga o‘tganidan so‘ng G‘arb elitasini sarosimaga tushdi, dedi Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) rahbari Sergey Narishkin.

"G‘arb siyosatchilari bir yarim yil davomida “Rossiyaning jang maydonidagi strategik mag‘lubiyati” haqida jo‘r bo‘lib g‘o‘ldirab kelayotgan edi, lekin hozir ularning og‘zidan Ukrainadagi vaziyat haqida turli xil, ko‘pincha bir-birini inkor etuvchi bayonotlar va baho berishlar eshitilmoqda. Bu, jang maydonida strategik tashabbus butunlay RF Qurolli kuchlariga o‘tganidan so‘ng G‘arb elitasi sarosimaga tushib qolganini anglatadi", — dedi u.

Shuningdek, Narishkin G‘arb davlatlari Ukraina mojarosini hal qilishda murosali yechim topishga tayyor emasligini ta’kiladi.

Qo‘shma Shtatlar ko‘plab mamlakatlarni Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha konferensiyaga kelishga majburlamoqchi. Rossiya ishtirokisiz bu behuda loyiha bo‘lib, u hech qanday natijaga olib kelmaydi, dedi u.