Yevropa Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda — Orban

Vengriya o‘zining NATOdagi rolini qayta ko‘rib chiqayotganini va qanday bo‘lsa ham ushbu urushda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. G‘arb siyosatchilari va ommaviy axborot vositalarining bayonotlari Yevropaning Rossiya bilan urushga tayyorlanayotganidan dalolat beradi, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban "Kossuth" radiosi efirida.

“Ikkala jahon urushlari oldidan ham OAV sahifalarida ancha vaqt davomida urushga tayyorgarlik bo‘lgan edi, menimcha, bugungi kunda Brussel va Vashingtonda bo‘layotgan voqealar ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga tayyorgarlikka o‘xshaydi. Xotirjamlik bilan aytish mumkinki, Yevropa urushga kirishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, bu OAV va siyosatchilar bayonotlaridan ma’lum", — dedi Orban .

“NATOning Brusseldagi markazida moliyaviy komissiya va tayyorgarlik komissiyasi faoliyat yuritmoqda – tafsilotlarni oshkor qilmoqchi emasman, lekin NATO Bosh kotibi bularning barchasini allaqachon aytgan – ishchi guruhlar NATO qanday qilib ushbu urushda ishtirok etishi mumkinligini aniqlash ustida ishlamoqda”, - dedi Orban.

Shu bilan birga Orban, Vengriya o‘zining NATOdagi rolini qayta ko‘rib chiqayotganini va qanday bo‘lsa ham ushbu urushda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
"Vengriya bunga qarshi. Hukumatda urushda qatnashmasdan qanday qilib NATO a’zosi bo‘lib qolishimiz mumkinligi aniqlash uchun juda ko‘p ish olib borilmoqda. Brussel bu haqda biladi va hatto Vengriya uchun yangi "ishtirokchi bo‘lmagan" atamasini o‘ylab topdi”, - dedi Orban.