Biz keskinlikni oshirmayapmiz, lekin hamma narsaga tayyor bo‘lishimiz kerak—Putin va Lukashenko

Putin va Lukashenko Rossiya va Belarusda shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan yadroviy kuchlar o‘quv mashqlari sababini tushuntirib berishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya Belarus hududida strategik bo‘lmagan yadro qurollari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazib, vaziyatni keskinlashtirishga urinmayapti, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Bularning barchasi (mashg‘ulotlar – tahr.) reja bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda, biz bu yerda keskinlikni oshirmayapmiz, lekin bu sohada hamma narsa tekshiruvdan o‘tishi kerak. Bu yerda hech qanday xato, ishdan chiqish yoki nomuvofiqlik bo‘lmasligi kerak", — dedi Putin Rossiya-Belarus muzokaralari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko s masalani kengroq yoritdi. U Ulug‘ Vataon urushini xotirlab, hammasiga tayyor bo‘lish kerakligini, kutilmagan zarbani o‘tkazib yubormaslik kerakligini ta’kidladi.

"Biz bu yerda hech qanday maxsus ish qilmayapmiz, tayyorgarlik ko‘rapmiz, mashq qilyapmiz. Biz hamma narsaga tayyor bo‘lishimiz kerak. Dunyo beqaror va xavfli. Biz, o‘tgan asrning o‘rtalarida bo‘lganidek, birinchi zarbani o‘tkazib yubora olmaymiz. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz, ular bu haqda bilishlari kerak. Ammo biz vaziyatni keskinlashtirmayapmiz, bizga urush kerak emas, bugun biz faqat tinch istiqbollar haqida gapirdik”, — dedi Lukashenko.

Anjmanda Putin Rossiya Belarus xavfsizligiga xuddi o‘z xavfsizligiga munosabatda bo‘lgani kabi munosabatda ekanini ham bildirdi.