TOShKENT, 23-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjon energetika tizimlarini birlashtirish istiqbollari” mavzusida Ostona-Boku-Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
Unda ekspertlar uch mamlakatning energetika sohasidagi hamkorligining istiqbollari, “yashil” elektr energiyasini eksport qilishga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilindi.
Toshkentdagi spikerlar: “Norma” kompaniyasi eksperti, iqtisod fanlari nomzodi Jorilla Abdullayev, iqtisod fanlari nomzodi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Nodira Zikrillayeva;
Ostonadagi spikerlar: Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi Jamoatchilik kengashining Energetika va yadro sanoati bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yerkebulan Kojmambetov;
Bokudagi spikerlar: dotsent, Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi Emin Mamedzade.