O‘zbekiston va YeOII

YeOII va Mo‘g‘uliston hamkorlikni kengaytirmoqda

Kelasi yilda YeIK va Mo‘g‘uliston hukumatining tizimli faoliyati boshlanganiga 10-yil to‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston hamkorlikni kengaytiradi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ulan-Batorda bo‘lib o‘tgan “Mo‘g‘uliston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy konferensiyada YeOII mamlakatlari bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

“Mo‘g‘uliston 2015-yilda tegishli memorandum tuzish orqali Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan aloqalarni rasmiylashtirgan birinchi uchinchi davlat bo‘ldi. Kelasi yilda YeIK va Mo‘g‘uliston hukumatining tizimli faoliyati boshlanganiga 10-yil to‘ladi”, — dedi yalpi majlisda integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev.

Yaqin istiqboldagi asosiy vazifalar haqida gapirar ekan, u YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar faollashtirilganini qayd etdi. Vazir to‘lovlarni amalga oshirishda va o‘z to‘lov va hisob-kitob platformalardan foydalanishda milliy valyutalarga o‘tish muhimligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa vazifalar qatoriga geologiya-qidiruv, foydali qazilmalarni qazib olish, xomashoni qayta ishlash sohalarida qo‘shma korxonalar tashkil etish, shuningdek, infratuzilma va transport-logistika loyihalarini amalga oshirish orqali kooperatsiya aloqalarini tiklash va qo‘shma sarmoyalarni ko‘paytirish kiradi.

“Savdo nomutanosibligi muammosini hamkorlik aloqalarini ko‘paytirish, Mo‘g‘ulistonda qo‘shma korxonalar yaratish va YeOII korporatsiyalari investitsiyalari orqali qoplash mumkin”, — deya xulosa qildi Glazyev.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning barcha masalalari imzolangan memorandumga muvofiq tuzilgan YeIK va Mo‘g‘uliston hukumati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining diqqat markazida bo‘ladi.
Ishchi guruh faoliyatida nafaqat YeIK va Mo‘g‘uliston davlat organlari vakillari, balki manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, YeOII davlatlarining ishbilarmon doiralari vakillari ham faol ishtirok etmoqda.