Rossiya talabning eng yuqori davrida ham O‘zbekistonni gaz bilan ishonchli ta’minlamoqda

O‘zbekiston energetika vaziri “Gazprom” raisi bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. "Gazprom" O‘zbekistonga talabning eng yuqori davrlarida ham gaz yetkazib bermoqda. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va kompaniya boshqaruvi raisi Aleksey Miller o‘rtaida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi.

"Uchrashuvda tomonlar "Gazprom" O‘zbekistonga, hatto talabning eng yuqori davrlarida ham gaz yetkazib berayotganini ta’kidlashdi. Gaz “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari tizimi asosida maxsus ajratilgan yo‘nalish bo‘yicha jo‘natiladi", — deyiladi xabarda.

Energetika kompleksidagi hamkorlik bo‘yicha strategik memorandumni amalga oshirish mavzusi ham muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil iyun oyida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va O‘zbekiston gaz transport tizimini Rossiya gaz quvurini qabul qilish va tashishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolangan. Oktabr oyida esa O‘zbekiston iste’molchilariga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari tizimi asosidagi maxsus ajratilgan yo‘nalish bo‘yicha yetkazib berishni boshlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.
Qolaversa, noyabr oyida O‘zbekiston hukumati va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzolangan.
Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish

2022 yilning noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga Rossiya gazini ushbu davlatlar orqali tashishni nazarda tutuvchi “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi.

2023 yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.

16 iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”imzolangan edi.

Sentabr oyining oxirida O‘zbekiston Energetika vazirligi mamlakatda infratuzilma Rossiya gazini 1-oktabrdan qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligima’lumotlarigako‘ra, shartnoma doirasida joriy yilning 1-oktabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi mo‘ljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 3 milliard kubometrni tashkil etadi va bu kelajakda oshirilishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, Rossiya gazini O‘zbekistonga "Markaziy Osiyo — Sentr" gaz quvuri orqali yetkazib berish loyihasi eng tezkor va kam xarajatli usul hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun sobiq SSSR davrida 1960-yillarda qurilgan va ayni damda foydalanilmayotgan gaz infratuzilmasidan revers usulida foydalaniladi.

Rossiya va O‘zbekiston yetkazib berilayotgan gaz hajmini oshirishni muhokama qilmoqda