"Meni yer ostidan kavlab olishgan": qamalda omon qolgan peterburglik ayol hikoyasi

Anna Zarubina mo‘’jizaviy tarzda Leningrad qamalidan omon qolgan.
Sputnik
Anna Vladimirovna ko‘p narsani eslay olmaydi. Ammo ba’zi xotiralar yodida abadiy muhrlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, urush boshlanganda u 4 yoshda bo‘lgan.
Qizaloq boshqa bolalar bilan birga maxsus poyezdda evakuatsiya qilinishi kerak edi.

"Ular bizni Moskva vokzalida poyezdga o‘tqizishdi va biz ketdik. Ammo uzoqqa bora olmadik.Nemislar tez hujum qilishardi. Mga yaqinida ular poyezdimizni bombardimon qilishdi", — deb eslaydi Anna Zarubina.

Ko‘p o‘tmay kichkina Anyani xolasi olib ketgan. Shu tariqa qizcha qamalda bo‘lgan Leningradda qolgan.
U borgan bolalar bog‘chasining yerto‘lasida bombapanohgoh bor bo‘lib, yangi yilni nishonlash paytida bomba to‘g‘ridan-to‘g‘ri bombapanohgoh joylashgan uyga tushgan.
Anna Zarubinaning qanday omon qolgani, leningradliklarning hayotini saqlab qolgan mahsulot haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.