Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fitosanitariya kasalligi. Uning hali odamlarga ta’siri yo‘q, hozircha. Ya’ni shifokorlarni bugungi kunda xavotirga solmaydi. Balki faqat bizda pomidor bo‘lmasligi mumkin, degan xavf tug‘dirishi mumkin.
"Lekin, menimcha, pomidor bizning kunlik iste’molimizda hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Shuning uchun bu faqat fitosanitariya muammolari. Nega qaytarildi? Bu kasallik birinchi marta 2014-yilda, 10-yil oldin paydo bo‘lgan. Virus uzoq vaqt, bir necha yil davomida yer ostida saqlanib qoladi. Shu bois choralar ko‘rish kerak. Birinchidan, O‘zbekistonda diagnostika yo‘lga qo‘yilishi kerak. Ishonchim komilki, tovar olib kelgan, keyin esa uni qaytarib olib ketishga majbur bo‘lgan tadbirkor xonavayron bo‘lishi mumkin. 20 tonna esa uning uchun sezilarli daraja", — dedi Onishenko.
Uning qayd etishicha, pomidorlarni uzoq vaqtdan beri iste’mol qilamiz, biroq bu virus endi paydo bo‘ldi. U, albatta, butun pomidor hosillarini nobud qiladi.
U o‘z so‘zida "shirin o‘zbek pomidorlarisiz, ayniqsa, ajoyib “buqa yuragi” navisiz dasturxonni qanday tasavvur qilish mumkin axir?", deya xulosa qildi.