Andijon viloyati hokimi Lebedev bilan uchrashdi — qanday kelishuvlarga erishilmoqda?

Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyasi Moskvada bo‘lib turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Andijonda Rossiya bilan hamkorlikda quyosh panellari quriladi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyasi Moskvada bo‘lib turibdi. Safar davomida MDH bosh kotibi Sergey Lebedev va Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
MDH Ijroiya qo‘mitasida O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Andijon viloyati va Rossiya viloyatlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, biznes va sarmoyaviy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining “Rosatom” atom energiyasi davlat korporatsiyasi, Rossiyaning “Zarubejneft” neft-gaz kompaniyasida ham uchrashuvlari rejalashtirilgan.
“Bu yerda Andijonda quyosh panellarini qurish bo‘yicha memorandum imzolanadi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Irkutsk viloyatiga safar amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.