TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilishga kelishib olindi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Boshqirdistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Boshqirdistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
© Agentstvo po karantinu i zashite rasteniy respubliki Uzbekistan
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Boshqirdiston Respublikasining savdo va xizmatlar bo‘yicha vaziri Aleksey Gusev va Qishloq xo‘jaligi vaziri Ilshat Fazraxmatov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Boshqirdistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
© Agentstvo po karantinu i zashite rasteniy respubliki Uzbekistan
“Elektron almashinuvni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Rossiyaga mahsulot yuklagan furalarning to‘g‘ri taqsimlanishi uchun elektron platformani yaratish, hamkorlikda meva-sabzavotlarning saralanishi, kalibrlanishi va qadoqlashga mo‘ljallangan qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tadbirkorlar uchun B2B uchrashuvlarni tashkil etish, eksportor va importorlarning almashinuvi uchun maydon yaratish masalasini ko‘rib chiqildi.
“Ma’lum kunni “ochiq eshiklar kuni” sifatida belgilashga kelishib olindi. Bunday tajriba hukumat ko‘magida tashkil etilib, ikki tomonlama ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Boshqirdiston vakillari O‘zbekistonda uzumchilik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, turizm yo‘nalishlari rivojlanayotganini e’tirof etib, kelgusidagi hamkorlik bu sohalarni ham qamrab olishi mumkinligi qayd etishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Boshqirdistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
© Agentstvo po karantinu i zashite rasteniy respubliki Uzbekistan
Ufa tomonidan loyihalarda O‘zbekistonlik hamkorlarning ishtiroki qo‘llab quvvatlanishi aytildi.
Muhokamalar jarayonida “yashil yo‘lak” tizimini tashkil etish ham muhokama etildi. Bunda qulay agrologistika markazlarini, fitosanitariya laboratoriyasini tashkil etish, hujjatlar rasmiylashtirilishida to‘siqlarni oldini olish ko‘zda tutilgan.