Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Luganskning Belogorovka aholi punktini to‘liq ozod qildi

Rossiya harbiylari LXRdagi Belogorovka qishlog‘ini nazorat ostiga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiya harbiylari Lugansk xalq respublikasining (LXR) Belogorovka aholi punktini to‘liq ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Rossiya harbiylari LXRdagi Belogorovka qishlog‘ini nazorat ostiga oldi.

“Janubiy kuchlar guruhi bo‘linmalari faol jangovar harakatlar natijasida Lugansk Xalq Respublikasining Belogorovka qishlog‘ini to‘liq ozod qildi va yanada qulayroq chiziq va pozitsiyalarni egallab oldi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, guruh jangchilari Donesk Xalq Respublikasining Sporniy, Razdolovka, Klesheyevka va Konstantinovka hududlarida dushman shaxsiy tarkibi va texnikasini yo‘q qilishdi.
So‘nggi 24 soat ichida Kiyev frontning ushbu qismida 340 nafardan ortiq harbiy xizmatchisi, uchta tank va transport vositalari, ikkita D-30 va L-119 gaubitsasi, M119 quroli va "Bukovel-AD" elektron kurash stansiyasini yo‘qotdi.
Bundan tashqari, Rossiya jangchilari Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta o‘q-dori omborini yo‘q qildi.
Belogorovka — LXRning g‘arbiy chegaralari yaqinidagi qishloq. Rossiya qo‘shinlari uni 2022-yilning yozida nazoratga olishgan, biroq o‘sha yilning sentabr oyida Ukrainaning qarshi hujumi paytida uni tark etishga majbur bo‘lgan. Aholi punktining ozod etilishi Seversk tomon yurish imkonini beradi.