TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deya xabar berdi Kreml sayti.
“Hurmatli janob (Eron Islom Respublikasi Oliy Rahbari Ali) Xomaneiy, Eron Islom Respublikasi xalqi boshiga tushgan ulkan fojia – prezident Sayyid Ibrohim Raisiy, shuningdek, mamlakatingizning bir qator taniqli davlat arboblari hayotiga zomin bo‘lgan aviahalokat munosabati bilan mening chuqur ta’ziyamizni qabul qiling”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Maktubda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlar qalblarida doimiy saqlanib qolishi ta’kidlanadi.