O‘zbekiston terma jamoasi “Konstantin Korotkov xotira turniri”da birinchi o‘rinni egalladi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri” o‘z yakuniga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiyada o‘tgan boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri”da O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Xabarovsk shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri” o‘z yakuniga yetdi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
Uzbekskie bokseri zavoyevali 16 medaley na turnire pamati Konstantina Korotkova po boksu.
7 / 7
Uzbekskie bokseri zavoyevali 16 medaley na turnire pamati Konstantina Korotkova po boksu.
Hal qiluvchi kun 16 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qildi.
Konstantin Korotkov xotira turniri
“Quvonarlisi, yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin va 9 ta kumush medalini jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi”, — deyiladi xabarda.
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
Oltin medal: -54 kg: Aziza Yoqubova, -54 kg: Hasanboy Do‘smatov, -57 kg: Abdumalik Xalokov, -67 kg: Ruslan Abdullayev, -71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, -86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev, +92 kg: Bahodir Jalolov.
Kumush medal: -50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova, -66 kg: Dilfuza Bekova, -75 kg: Aziza Dayirbekova, -48 kg: Avazjon Yo‘ldoshev, -54 kg: Shahzod Muzaffarov, -60 kg: Dilshod Abdumurodov, -80 kg: To‘rabek Habibullayev, -92 kg: Madiyar Saidrahimov, +92 kg: Lazizbek Mullojonov.
Boks: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 22 ta medalga ega chiqdi