AQShdagi saylovlargacha jahon urushi boshlanishi mumkin — Tramp

Tramp Jo Baydenga ishora qilib, “bu aqldan ozgan odam tufayli oldindagi besh xavfli oy” ekanligini takrorladi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarga besh oy qolganida hozirgi Amerika rahbariyatining noloyiqligi tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkinligini aytdi.
“Bu mamlakatni boshqarayotgan ahmoqlar bilan ko‘p odamlar tirik qolmaydi, chunki zamonaviy qurollarning kuchi qo‘rqitadi. Kelgusi besh oy ichida biz uchinchi jahon urushiga tushib qolishimiz mumkin”, - dedi u Minnesota shtatida tarafdorlariga.
Sobiq prezident o‘zining prezidentlikdagi vorisi va raqibi Jo Baydenga ishora qilib, “bu aqldan ozgan odam tufayli oldindagi besh xavfli oy” ekanligini takrorladi.
Tramp, shuningdek, noyabr oyidagi saylovlarda g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi “dahshatli” mojaroni hal qilishga yana bir bor va’da berdi. Agar u Qo‘shma Shtatlarni boshqarishda davom etganida, bu mojaroning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishini takrorladi.
Tramp avvalroq, agar u qayta saylansa, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni atigi 24 soat ichida hal qilish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan edi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Trampning so‘zlarini sharhlab, bunday oddiy yechim uchun bu juda murakkab muammo ekanligini ta’kidlagan.
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi — OAV