TOShKENT, 17-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni "Ko‘ksaroy" qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Anvar Ibrohimni kutib oldi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Marosimda faxriy qorovul saf tortdi, Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat milliy madhiyalarini ijro etdi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev Anvar Ibrohimni kutib oldi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Anvar Ibrohimning O‘zbekistonga tashrifi 19-mayga qadar davom etadi. Tashrif davomida siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.
Mehmon, shuningdek, Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyuradi va qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Anvar Ibrohimni kutib oldi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana